TAKİBE AL FAVORİLERE EKLE
119 ZİYARETÇİ
  • YETKİLİ KİŞİ: Kiehl‘s dorixonasi
  • ADRES: Kiehl‘s dorixonasi
  • TELEFON: Belirtilmemiş
  • SOSYAL MEDYA:
AÇILIŞ - KAPANIŞ 07.00 - 23.00
SERVİS SAATLERİ 07.00 - 23.00

FİRMA HAKKINDA

Kiehl‘s dorixonasi

AQSHda joylashgan yana bir go‘zallik – Nyu-Yorkning diqqatga sazovor joylaridan biriga aylangan Manxettendagi mashhur Kiehl‘s dorixonasi. Kiraverishda mijozlarni Mr. Bones (Janob suyaklar) kutib oladi – oq xalat qiygan skelet – muassasaning o‘ziga xos tumori. XIX asrda, dorixona faoliyatini boshlaganda, Mr. Bones ko‘makchi bo‘lib xizmat qilgan: uning yordamida farmatsevtlar tashrif buyuruvchilarga dorilarning taʼsir qilish tamoyilini tushuntirganlar. Ushbu dorixona boshqalardan ajralib turishiga uning oldi qismida qator qilib terilgan turli shisha idishlar va Harley-Davidson mototsikllari sababchidir.

Bu yerda ko‘plab dorilar va tibbiy buyumlar qo‘lda ishlangan va qadoqlangan, kompaniya zamonaviy va qimmatbaho qadoqlardan foydalanishdan qochgan – aksincha, Kiehl‘s mahsulotlari qadoqlangan oddiy idishlarga qo‘lda yozilgan yorliqlar yopishtirilgan va bu kamtarona dizayn bugungi kungacha saqlanib qolgan. Anʼanaviy brend reklamasi og‘izdan-og‘izga o‘tishi orqali amalga oshirilgan, bunda tashrif buyuruvchilarga bepul namunalar taqdim etilgan. Ushbu belgilangan tartib bugungi kunda ham kuzatilmoqda: kompaniya maʼmuriyati barcha namunalarning bepul bo‘lishini diqqat bilan nazorat qiladi, shuningdek, dorixona maslahatchilari mijozlarga qancha vaqt va eʼtibor qilishlarini ko‘zdan qochirmaydi. Hozirda Kiehl‘s mashhur kosmetika ishlab chiqaruvchisi, ammo dorixona ananaviy tarzda o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.

FİRMA HAKKINDA YORUM YAP

FİRMA HAKKINDA YAPILAN YORUMLAR

Hiç yorum yapılmamış.